Tirbandliklarga sabab bo‘lgan ta’mirlash qachongacha davom etishi aytildi
Toshkent shahrining Bobur va Nukus ko‘chalarida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, ishlar doirasida asfalt qoplamasini yangi texnologiyalar asosida yangilash, yangi yo‘l usti belgilarini chizish, hududga qo‘shimcha daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan.
«Bo‘lib o‘tayotgan keng ko‘lamli yo‘l ta’mirlash ishlari aholi noroziligiga, tirbandliklarga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, yog‘ingarchiliklar sababli hamda kunduzgi tirbandliklarni biroz kamaytirish maqsadida ishlar asosan tungi soatlarda amalga oshirilmoqda.
Bu vaziyat uchun shahrimiz aholisi va mehmonlaridan uzr so‘raymiz. Mazkur jarayon hokimlikning qat’iy nazoratida ekanligini va ishlar yakunlanishi 2-3 noyabr kunlariga rejalashtirilganini ma’lum qilamiz», deyiladi Toshkent shahri hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter