Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ukrainalik, belarus va rossiyalik huquq faollariga berildi.
2022 yilda ushbu nufuzli mukofot belaruslik huquq faoli Ales Belyaskiy, Ukrainaning «Fuqaroviy erkinliklar markazi» hamda Rossiyaning «Memorial» tashkilotlariga berildi.
Belaruslik taniqli huquq himoyachisi Ales Belyaskiy 2021 yil iyulidan beri qamoqda. «Xorijiy agent» deb tan olingan «Memorial» tashkiloti esa o‘tgan yil oxirida Rossiya sudi qarori bilan yopilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yili Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ikki nafar jurnalistga – «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov va Filippindagi Rappler nashri muassisi Mariya Ressaga berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter