Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinch okeanidagi ulkan «plastik dog‘»: chiqindi «egalari» aniqlandi

Tinch okeanidagi ulkan «plastik dog‘»: chiqindi «egalari» aniqlandi

Foto: Postila

Okeanlarda yil sayin plastik chiqindilar miqdori oshib boryapti, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «dengiz chiqindisi» qariyb ikki trillion plastik buyumlardan tashkil topgan. Yangi tadqiqotda uning atigi bir qismi — Tinch okeanida suzib yurgan ulkan «plastik dog‘» o‘rganildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Tinch okeani shimolidagi ulkan «plastik dog‘» qariyb 1,6 mln kvadrat kilometr maydonni egallagan. O‘zbekiston hududidan 3,5 baravar katta!

Ushbu tadqiqotda olimlar ulkan «plastik dog‘»dan olingan namuna — 570 kilogramm qattiq plastik chiqindini o‘rganishdi.

Foto: The Ocean Cleanup

Chiqindilarning uchdan ikki qismi Xitoy va Yaponiyaga tegishli bo‘lib chiqdi. Boshqa mamlakatlar ham «qarab turgani» yo‘q: chiqindining 10 foizi — Janubiy Koreya, 6,5 foizi — AQSh, 5,6 foizi — Tayvan va 4,7 foizi — Kanadaniki.

Foto: Controlab/LightRocket

Ulkan «plastik dog‘»ga bu chiqindilar qanday kelib qolgan?

Buni ham aniqlashdi: plastiklar quruqlikdan kelmagan, balki baliqchilarning ishi. «Plastik dog‘» asosan baliqchilik anjomlarida ishlatiladigan turli plastik qismlar (qopqonlar, suv yuzida qalqib turuvchi moslamalar va hokazolar) yig‘ilmasi bo‘lib chiqdi.

Foto: The Ocean Cleanup
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring