Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyotchilar ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Tibbiyotchilar ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Qonunchilik palatasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi kiritilayotgan 197-7-moddaga ko‘ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish:

  • fuqarolarga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha;
  • mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

 Ushbu huquqbuzarliklarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 3 kunlik muddatda ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda.

 2019-2022 yillar davomida O‘zbekistonda 290 ga yaqin holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan.

Ta’kidlash joizki, Rossiya va Qozog‘iston Respublikasining MJtKda tibbiyot xodimi faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun alohida javobgarlik nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi tashabbus huquqi asosida Bosh prokuror tomonidan kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring