Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi: ish haqi 14 kunga 10 mln so‘mdan 25 mlngacha

Tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi: ish haqi 14 kunga 10 mln so‘mdan 25 mlngacha

Foto: «Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumani «Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi»ga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif etmoqda.

Shifokorlar:

  • Anesteziolog-reanimatolog;
  • Infeksionist;
  • Epidemiolog;
  • Vrach-laborant;
  • Vrach-rentgenolog va boshqa barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar;

Hamshiralar:

  • Reanimatsiya hamshirasi;
  • Palata hamshirasi va boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari;
  • Kichik tibbiyot xodimlari.

14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida beriladi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Shifokorlar – 25 mln so‘m,
  • Hamshiralar – 15 mln so‘m,
  • Kichik tibbiyot xodimlari – 10 mln so‘m.

Murojaat uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining Xodimlar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

☎️ 71/241-12-02, 71/241-18-70, 71/241-54-54

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring