Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi

Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi

Qayd etilishicha, so‘nggi yetti yilda tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobar ko‘payib, yiliga 25 ming nafar yoshlar o‘qishga kirmoqda. Ularning 40 foizi xususiy oliygohlarda o‘qimoqda.

Bitiruv imtihonini oliygohning o‘zi olishi, bilim va ko‘nikmalarni baholovchi shaffof tizim yo‘qligi oqibatida mutaxassislar yetarli bilim va amaliy ko‘nikmasiz mehnat bozoriga kirib kelayotgani qayd etildi.

Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim ishlayotgan vrach va hamshiralarga ham tatbiq etiladi.

Shu maqsadda Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi. Ushbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy tashkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan o‘tadi.

Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslashgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.

Mutasaddilarga shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablarini ishlab chiqish topshirildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring