«The New York Times»: O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda
AQShning «The New York Times» nashri 2017-yil 27-noyabr kuni «O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda» sarlavhali maqola e’lon qildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni isloh etishni boshlagani ta’kidlangan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Jahon banki 2017-yilda O‘zbekiston biznes yuritish sharoitlarni sezilarli darajada yengillashtirgan o‘nta davlat qatoriga kirgani haqida xabar berib, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga ulash sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni qayd etdi.
Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarining qulayligiga baho beradigan «Doing Business» reytingida O‘zbekiston 190 mamlakat ichida 74-o‘rinni egallab, Xitoy va Ukrainani ortda qoldirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter