Tezkor xabar! Ommaviy tabdirlar o‘tkazish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 23-iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlisida 2021-yil 24-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berilib, saylov kampaniyasi boshlanishi rasman e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish huquqi ta’minlanadi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar va siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida siyosiy partiyalarning saylovoldi jarayonlarda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish, ushbu muhim siyosiy jarayonda siyosiy partiyalarning qonun bilan kafolatlangan saylovoldi tadbirlarini amalga oshirishlarini ta’minlash bilan bog‘liq ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Komissiyaning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini yuqori saviyada xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish maqsadida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Bunda siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda ishtirokchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish, antiseptik vositalardan foydalanishga rioya etish kabi sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligiga e’tibor qaratish tavsiya etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter