«Tez yordam»ga radioaloqa uskunalari va GPS-trekerlar o‘rnatiladi
«Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, joylarda tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi belgilandi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari zamonaviy bino va inshootlar bilan ta’minlanadi.
Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallari va «Call-markaz»lar jihozlanadi, infratuzilmasi yaratiladi.
Markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalari shoshilinch xizmat ko‘rsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlar o‘rnatishga moslashtiriladi.
Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o‘rnatiladi.
Tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter