Texnik ijodkor bolalar (foto)
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida «Youth techno art – 2018» festivali o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur tanlov o‘quvchilar o‘rtasida texnik vositalar va kompyuter texnologiyalarini o‘rganishni tashkil etish hamda ularning texnik ijodkorligini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Festivalda o‘g‘il-qizlar beshta, ya’ni avtomodel, avia-raketamodel, robototexnika, elektron o‘yinchoqlar hamda radiotexnika, elektronika va aloqa yo‘nalishi bo‘yicha 1,2 mingga yaqin ijodiy ishlari bilan bellashdi.
Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 25-dekabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Tanlovning yakuniy bosqichida har bir o‘g‘il-qiz o‘zining ijodiy ishi hamda ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etdi.
«Youth techno art – 2018» bolalarning texnik ijodkorligi festival-tanlovining natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha saralandi:
Avtomodel yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - Asadbek Xasanov, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi
2-o‘rin - Azizbek Ne’matov, Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi
3-o‘rin - Laziz Jalilov, Buxoro viloyati, Buxoro shahar «Barkamol avlod» bolalar markazi
Avia-raketamodel yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin Azizullo Komiljonov, Toshkent shahri, Olmazor tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi
2-o‘rin - Abbos Kamilov,Toshkent viloyati, Bekobod shahar «Barkamol avlod» bolalar markazi
3-o‘rin - Muhammadqodir Mamatov, Namangan viloyati, Uychi tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi
Elektron o‘yinchoqlar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - Tursunboy Abdulboriyev, Namangan viloyati, Namangan shahri «Barkamol avlod» bolalar markazi
2-o‘rin - Elbek Xasanov, Samarqand viloyati, Samarqand shahri «Barkamol avlod» bolalar markazi
3-o‘rin - Faxriddin Dilshodov, Jizzax viloyati, Jizzax shahri «Barkamol avlod» bolalar markazi
Robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - Suhrob Haydarov, Navoiy viloyati, Navoiy shahri «Barkamol avlod» bolalar markazi
2-o‘rin - Berdiyar Barliqbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi
3-o‘rin - Abrorxo‘ja Anvarov, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani
Radiotexnika, elektronika va aloqa yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - Haydar Rafiqov, Buxoro viloyati, Shofirkon tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi
2-o‘rin - Shatskiy Georgiy, Toshkent shahri, Olmazor tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi
3-o‘rin - Abbos Mansurov, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter