Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ijod» fondi direktori ijodkorlar uchun qalam haqi kam ekanini tan oldi

«Ijod» fondi direktori ijodkorlar uchun qalam haqi kam ekanini tan oldi

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Jahon adabiyoti durdonalari: o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.

Tadbirda so‘zga chiqqan Yozuvchilar uyushmasining «Ijod» fondi direktori Sherzod Irzoyev O‘zbekistonda ijodkorlar uchun belgilangan qalam haqi kam ekanini tan olgan.

«Albatta, bugun qalam haqi uchun stavkalar belgilangan. Stavkalarni belgilashda o‘zim ham qatnashganman. Qalam haqi kamroq, lekin uni ko‘paytirsak bu kitoblarning tan narxiga ta’sir ko‘rsatadi» degan u.

Irzoyevning «Lekin o‘ylaymanki, yaqin kelajakda qalam haqlari yaxshi bo‘lib ketsa kerak», degan fikrlari zalda qarsak bilan qarshi olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring