Test imtihonlari kechiktirilishi mumkin

AOKA zalida «2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari, tahlil va xulosalar» mavzusida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov imtihonlar kechiktirilishi mumkinligini ma’lum qildi.
«Imtihonni keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, test sinovi o‘shanda o‘tkaziladi. Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentyabrda bekor kilinsa, 1-sentyabrdan keyin o‘tkaziladi.
Imtihonlar o‘tkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin ma’lum qilamiz. Statsionarga aylantirilgan pavilonda imtihon o‘tkazilmaydi.
Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sig‘imli inshoot bo‘lishi aniq», — dedi Barno Rajabov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter