Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termometr yordamida qalqonsimon bezni tekshirish yo‘li

Termometr yordamida qalqonsimon bezni tekshirish yo‘li

Foto: «Docgo.ru»

Qalqonsimon bez gormonlari yetishmasligi ko‘pgina kasalliklarga sabab bo‘ladi. Buni qon tahlili yordamida tekshirish mumkin. Biroq buning oddiy va osonroq yo‘li ham bor, deb yozadi «Docgo.ru».

Qalqonsimon bez faoliyatini baholashning oddiy usulini bundan yarim asr muqaddam amerikalik olim Broda Otto Barns taklif etgan. Endokrinologiya sohasidagi ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida doktor qalqonsimon bez holatidan odam tana harorati «darak beradi», degan xulosaga keldi. Bunda faqat oddiy termometrdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Muhimi: tekshiruvni mutlaqo sog‘lom bo‘lgandagina o‘tkazish kerak.

Barns testi qanday o‘tkaziladi?

Bu juda oson, hech qanday qiyin tomoni yo‘q, shunchaki bir necha daqiqa sabr qilish talab etiladi. Kechasi termometrni tayyorlab qo‘ying (yaxshisi, oddiy simobli termometrdan foydalangan ma’qul, biroq har qanaqasi ham bo‘laveradi): undagi harorat 35°C darajani tashkil etishi zarur. Termometrni ochiq javonchaga solib qo‘ying.

Uyg‘ongan zahoti to‘shakdan turmasdan turib termometrni qo‘ltiq ostiga joylaysiz. Haroratni o‘n daqiqa o‘lchash kerak. Belgilangan vaqt o‘tgach natijani yozib qo‘ying. Odatda ertalabki harorat 36,5-36,8 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich qalqonsimon bez me’yorda ishlayotganidan darak beradi.

Agar ertalabki harorat o‘rtacha 36,5 darajadan pasayib ketsa, sizda gipotireoz alomati (qalqonsimon bez faoliyati funksiyasi susayishi) borligini bildiradi.

Bordi-yu, ertalabki harorat 36,8S° darajadan oshsa, qalqonsimon bez funksiyasi yuqoriligiga (gipertireoz) ishora qiladi. Yoki tanada yallig‘lanish jarayoni kechayotgan bo‘ladi.

To‘g‘ri, Barnsning ta’kidlashicha, bir marta o‘tkazilgan test xato bo‘lib chiqishi mumkin. Qalqonsimon bez faoliyatini maksimal darajada to‘g‘ri baholash uchun tekshiruvni ketma-ket 3 kun o‘tkazish lozim. Agar shu kundagi ko‘rsatkichlar me’yorda bo‘lsa, xavotirga o‘rin yo‘q. Bu vaqt davomida ertalabki tana harorati me’yordan past yoki yuqori bo‘lib chiqsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring