Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizlik fuqaro o‘z bog‘idan xazina topib oldi

Termizlik fuqaro o‘z bog‘idan xazina topib oldi

Foto: Turizm va ma’daniy meros agentligi

Qimmatbaho topilmalarni muzeyga topshirgan surxondaryolik fuqaroga tegishli haq to‘lab berilgan.

Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaro Ulkan Eraliyev bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan oltin dinor parchasini topib oldi. Shundan so‘ng, u Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qildi. Bu haqda Turizm va ma’daniy meros agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joyga yetib borgan mutaxassislar va numizmatlari qazish ishlari olib borib, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid qimmatbaho topilmani dastlabki ekspertizadan o‘tkazishdi.

Qayd etilishicha, oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normo‘minov «Alloh» va «Muhammad» so‘zlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldi.

Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og‘irligi 1,92 grammni tashkil qilgan.

Ma’lum qilinishicha, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar «dinor», kumush tangalar «dirham» deb atalar edi.

Qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan Ulkan Eraliyevga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring