Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda mudhish to‘qnashuv: bir yo‘lovchi «Cobalt» ichida yonib ketdi

Termizda mudhish to‘qnashuv: bir yo‘lovchi «Cobalt» ichida yonib ketdi

3-aprel kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, At-Termiziy shoh ko‘chasida haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli hamda haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi «Toyota» rusumli va haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.B. boshqaruvida bo‘lgan «Sobalt» rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Ushbu YTH oqibatida «Cobalt» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in o‘chirilgan.

YTH va yuzaga kelgan yong‘in natijasida «Cobalt» rusumli avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1985 yilda tug‘ilgan J.B. voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur YTH yuzasidan Termiz shaxar IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring