«Terminator» shifoxonaga tushib qoldi
Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger shifoxonada yurak operatsiyasini o‘tkazdi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.
70 yoshli aktyor va Kaliforniyaning sobiq gubernatori hozircha shifoxonada qolmoqda, uning holati yaxshi deya baholanayapti.
Aktyorda yurak klapanini almashtirish operatsiyasini o‘tkazish lozim bo‘lgan, ammo sinov jarayonida muammo yuzaga kelgan. Keyingi operatsiya bir necha soat davom etgan va muvaffaqiyatli tugagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter