Terma jamoa bu yil o‘ynamaydi: JCh-2022 saralash o‘yinlari keyingi yilga qoldirildi
O‘zbekiston milliy jamoasining oktyabr va noyabr oylariga mo‘ljallangan JCh-2022 saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmaydi. Bu haqda «Tribuna.uz» xabar berdi.
Sayt manbasiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli, 2020-yil yakuniga qadar milliy jamoalarning rasmiy o‘yinlariga taqiq qo‘yilgan. JCh-2022 saralash o‘yinlarining barchasi 2021-yilga qoldirilgan.
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashining 2-bosqichida 13-oktyabr kuni safarda Yaman bilan, 12-noyabr kuni o‘z maydonida Singapur bilan, 17-noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni bilan o‘ynashi lozim edi.
Bundan tashqari, 4-sentyabr kuni Tojikiston bilan, 7-sentyabr kuni Eron bilan Toshkentda o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi rejalashtirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter