Samarqandda jurnalistga tahdid yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Jurnalistik surishtiruv doirasida tashkilotga borgan Kun.uz muxbiri tahdidga uchragani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kun.uz nashrining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri 19 mart kuni IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, arizasida Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasida joylashgan «Panorama bolalar uyi» MChJga fuqarolarning murojaatlari asosida jurnalistik surishtiruv o‘tkazish uchun borgan vaqtida, shu MChJda ishlovchi fuqarolar uni turli so‘zlar bilan haqorat qilganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda ariza yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter