Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tereza Mey Suriyaga hujum yuzasidan izoh berdi

Tereza Mey Suriyaga hujum yuzasidan izoh berdi

Foto:«New Scientist»

Bugun, 14-aprel kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey qirollik harbiy kuchlarining Suriyaga raketa zarbasi berganini izohladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Ruslar BMT Xavfsizlik kengashining Duma shahridagi kimyoviy hujum yuzasidan mustaqil tekshiruviga qarshi ovoz berishdi, natijada Suriyadagi hukmron rejimning kimyoviy qurol qo‘llashiga chek qo‘yish uchun boshqa amaliy chora qolmadi»,—deya bayonot bergan vazir.

Bundan tashqari Mey ushbu hujumdan maqsad Suriya hukumatini ag‘darish emas, uni «tiyib qo‘yish» ekanini ma’lum qilgan.

Bundan avvalroq, Germaniya va Italiya mazkur hujumda qatnashmasligi haqida e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring