Tereza Mey qirollik to‘yiga taklif etilmadi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shahzoda Harri va Megan Marklning yaqinda bo‘lib o‘tadigan to‘yiga taklif etilmagan. Bu haqda kecha, 10-aprel kuni hukumatdagi manbaga asoslanib, «Independent» nashri ma’lum qilgan.
19-may kuni Bukingem saroyida bo‘lib o‘tadigan to‘yga faqat kelin-kuyovning yaqinlari, do‘stlari taklif etiladi.
Manbaning aniqlik kiritishicha, ushbu to‘y Harrining akasi shahzoda Uilyam va gersoginya Keyt Middltonning 2011-yildagi nikoh to‘yidek dabdabali bo‘lmaydi.
Shahzoda Harrining rasmiy vakili esa to‘yga siyosatchilarni taklif etmaslikka qaror qilinganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter