Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temir yo‘l qurbonlari ko‘paymoqda: javobgarlik kimning bo‘ynida?

Temir yo‘l qurbonlari ko‘paymoqda: javobgarlik kimning bo‘ynida?

«Poytug‘» – «Andijon 2» temir yo‘li oralig‘idagi qurbon, 2018 yil

So‘nggi kunlarda temir yo‘lni kesib o‘tayotganda halok bo‘layotgan odamlar haqida ko‘plab xabarlarni eshityapmiz. Ularning orasida sog‘lomu-nogironi, kattayu-kichigi bor. Temir yo‘l mas’ullari va transport prokuraturasi ko‘p hollarda aybni marhumlarga ag‘darib qo‘ya qolishadi: quloqchini bo‘lgan, ko‘zi ko‘rmagan, telefonga chalg‘igan va hokazo.

Ammo shuncha yildan beri birorta amaldor chiqib, temir yo‘l atrofini panjara yo devor bilan o‘rab, to‘sish kerak, demagan. Panjara bilan o‘rab, yerusti yo yerosti o‘tish joylari qurib berishni, odamlarga qulaylik va xavfsizlik yaratish haqida bosh qotirishmagan.

Xususan, 2022 yil 7 iyun kuni Termiz-Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi «Jaloir-Kuchluk» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida O‘rtachirchiq tumanida yashagan 27 yoshli erkakni urib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan. Aytilishicha, u O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasida ro‘yxatda turgan, 1-guruh nogironi (qulog‘ida nuqsoni bor) bo‘lgan.

Shu kuni Bo‘zsuv-Chirchiq yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan elektrovoz «Bo‘zsuv-Chirchiq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida ketayotgan vaqtida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 20 yoshli odamni urib yuborgan, u ham joyida halok bo‘lgan.

Marhum Chirchiq shahrida joylashgan novvoyxonada ishlagan, o‘limidan oldin Chirchiq shahrida joylashgan do‘konlarga non olib borib berish maqsadida velosiped haydab, qo‘l telefonidan foydalanib o‘tib ketayotgan bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda Toshkent transport prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotgani aytilgan.

Shuningdek, Toshkent-Samarqand yo‘nalishida soatiga 190 kilometr tezlikda harakatlanayotgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududida 2 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgan. 2007 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchilardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan, boshqasi jonlantirish bo‘limida.

Bunday ayanchli o‘limlar O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi. Masalan, Andijon viloyatining Izboskan tumani hududidan o‘tuvchi «Poytug‘» – «Andijon 2» temir yo‘li oralig‘ida Izboskan tuman Ittifoq mahallasida yashovchi M.F. (2001 yilda tug‘ilgan) poyezd ostida qolib ketgandi.

Andijon viloyatidagi yana bir holatda quloqchin taqib ketayotgan yigitni poyezd bosib ketgan va u voqea joyida vafot etgan.

Izboskan tumanidagi yana o‘sha temir yo‘ldan o‘tayotgan o‘smir qizni ham poyezd urib ketgan, u hozirgacha to‘shakda mixlanib yotibdi, turolmaydi. Lekin o‘sha paytda mas’ullar qizni soppa-sog‘ degandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring