Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»ni «App Store»dan o‘chirib tashlashsa yoki bloklashsa, uni «iOS»ga o‘rnatish yo‘llari

«Telegram»ni «App Store»dan o‘chirib tashlashsa yoki bloklashsa, uni «iOS»ga o‘rnatish yo‘llari

Foto: «Layfxaker»

«Telegram» asoschisi Pavel Durovning foydalanuvchilar ma’lumotlarini hech kimga oshkor qilmaslik borasidagi mustahkam pozitsiyasi ko‘plab korporatsiya rahbarlarining norozligiga sabab bo‘lmoqda. Messenjerni bloklashmoqda, raqamli do‘konlardan o‘chirib tashlashmoqda, hatto ayrim mamlakatlarda taqiqlangan ham.

Yaqindagina «Apple» o‘zining «App Store» do‘konidan «Telegram»ni o‘chirib tashlangan edi. «Android»dan farqli o‘laroq «iOS»lar uchun mobil dasturlarni faqatgina «Apple»ning rasmiy do‘konlaridan ko‘chirib olish mumkin, shu sababli bu borada muammolar yuzaga kelishi tabiiy. Shunga qaramay muammoning muqobil yechimi mavjud. «Layfxaker» bu borada sinalgan usullar bilan bo‘lishdi.

«Telegram X»ni «Apple Configurator» orqali o‘rnatish

Mazkur usulda messenjerni «Apple»ning kompaniyalar va turli o‘quv muassasalari uchun «iOS» qurilmalarini o‘rnatishda yaratgan ipa-fayli orqali o‘rnatish mumkin. Uni o‘rnatish tartibi quyidagicha:

  1. «Telegram Beta» kanaliga o‘tamiz va o‘rnatilishi lozim bo‘lgan ipa-faylini ko‘chirib olamiz. Bundan #iOS tegidan foydalanish samara beradi;
  2. «Mac App Store»dan ushbu havola orqali «Apple Configurator»ni o‘rnatamiz;
  3. «iOS» qurilmani ulaymiz va o‘rnatilgan dasturni ishga tushiramiz;
  4. Devaysdagi tasvirga bosib, yon tomondagi menyudan Apps bo‘limini ochamiz;
  5. Ko‘chirib olingan «Telegram X» ipa-faylini bu yerga «olib kelib», o‘rnatish tugmasini bosamiz;
  6. Shundan so‘ng ishchi stolda paydo bo‘lgan «Telegram X» belgisini bosib, ishonchsiz dasturni deya kelgan ogohlantirish xabariga «Bekor qilish» (Otmenit) tugmasini bosamiz;7. Sozlamalarga kirib, «Asosiy» ruknini, so‘ng «Qurilmani boshqarish» bo‘limini tanlaymiz va u yerdan «TELEGRAM MESSENGER LLP»da profil ochamiz;8. Nihoyat «TELEGRAM MESSENGER LLP’ga ishonish» tugmasini bosamiz va barchasi tayyor.

«Telegram»ni qo‘llab-quvvatlaydigan muqobil messenjerlarni o‘rnatish

Rasmiy «App Store» do‘konida «Telegram»ning o‘rnini bosuvchi ko‘plab muqobil dasturlar ham bor. Ularning ayrimlari saqlanib qolgan va ulardan xabar almashishda bemalol foydalanasa bo‘ladi.

Masalan, «Telegram» va «Telegram X» bo‘lmagan taqdirda «Loopy», «Mbogram» yoki «TechGram»ni ko‘chirib olish mumkin. Ushbu messenjerlarning imkoniyati rasmiy dasturlardan ortiq bo‘lsa ortiqki, kam emas.

Veb-versiyadan foydalanish

Umuman olganda mobil dasturni o‘rnatishdagi muammolardan voz kechib, «Telegram»ning veb-versiyasidan foydalansa ham bo‘ladi. Uni har qanday qurilmalardagi brauzerlarda bemalol qo‘llash mumkin, jumladan, mobil telefonlarda ham.

Quyidagi havola bo‘yicha o‘tiladi va telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Tasdiqlash kodi kiritilganidan so‘ng, chatlar o‘rin olgan interfeys paydo bo‘ladi.

Dasturning veb-versiyasi «Safari» brauzerida yaxshi ishlaydi. Xabarlar bir zumda keladi, barchasi tez yuklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring