Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegramdagi savdo qimmatga tushdi

Telegramdagi savdo qimmatga tushdi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro T.D. ichki ishlarga ariza bilan murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u telegram messenjeridagi «Ayollar kiyimlari turkiya» nomli kanal administratori – o‘ziga noma’lum foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi.

O‘zini «Farangiz» deb tanishtirgan shaxsga ko‘ylak xarid qilish niyatida ekanini aytadi. «Farangiz» buning uchun unga bank kartasi ma’lumotlari hamda telefon raqamiga kelgan SMS xabarni taqdim etishini so‘raydi. «Qarmoqqa ilingan» jabrlanuvchi o‘ziga tegishli bank kartasi va telefon raqamiga kelgan SMS ma’lumotlarini telegram messenjeri orqali taqdim etadi. Oqibatda esa bank kartasida bo‘lgan jami 9.000.000 so‘m miqdoridagi pullari yechib olinadi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro T.D.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, 2004 y.t. J.J. ekanligi aniqlangan.

Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ushbu turdagi jinoyat uchun jazo og‘irlashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring