«Telegram» asoschisi Durov milliarderga aylandi

«Telegram» asoschisi Pavel Durovning boyligi 1,7 milliard dollarga yetdi. Bu haqida «Forbes» jurnalining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Xabarda «Eng konservativ ko‘rsatkichlar ham «Telegram» messenjeri bir milliard dollar turishini, uning egasi Pavel Durov esa dollar milliarderi ekanligini ko‘rsatmoqda» deyiladi. 2016-yilning fevral oyida Durov «Telegram» auditoriyasi 100 milllionga yetganini, 2018-yilning 1-choragigacha bu raqam 200 millionga yetishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Joriy yilning yanvar oyida «TechCrunch» nashri «Telegram»ning sotilish qiymatini 500 million dollar deb baholagandi.
Rossiyalik dasturchi, biznesmen Pavel Durov mashhur «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ining ham asoschilaridan biri sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter