Telegram asoschisi Durov Fransiyada hibsga olindi
Telegram messenjeri asoschisi va rahbari Pavel Durov shaxsiy samolyoti Parijdagi aeroportga qo‘ngach, Fransiya politsiyasi tomonidan hibsga olindi, deya xabar bermoqda Fransiyaning LCI va TF1 telekanallari.
U Havo transporti jandarmiyasi xodimlari tomonidan ushlangan. TF1 xabariga ko‘ra, Durov telegramda moderatsiyaning yo‘qligi, ushbu tarmoqda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi va firibgarlik va boshqa ayblovlar uchun qidiruvga berilgan.
Shuningdek, Durov Kreml foydasiga josuslikda ayblanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter