Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telefonini yeb qo‘ygan odam (foto)

Telefonini yeb qo‘ygan odam (foto)

Foto: «Daily Mirror»

Misrning Asuan shahrida shifokorlar erkakning qornidan tugmachali telefonni olib tashlashdi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.

Misr fuqarosi Asuan universitet kasalxonasi shifokorlariga qorin og‘rig‘i shikoyati bilan murojaat qilgan. Kompleksli ko‘rik paytida erkak rentgen tekshiruvidan o‘tkazilgan. Buni qarangki, uning oshqozonida butun bir mobil telefoni borligi aniqlandi.

Bemor shifokorlarga qurilmani olti oy oldin yutib yuborgani, garchi shu vaqt mobaynida og‘riqdan azob chekkan bo‘lsa ham, yordam so‘rashdan uyalganini tan oldi. U telefon organizmdan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketishiga umid qilgan, lekin, afsuski, bunday bo‘lmagan. Yot jism iste’mol qilingan taomning o‘tishi va hazm bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan. Bu esa kuchli og‘riqlarni keltirib chiqargan.

Misrlik bemor operatsiya qilindi va telefon chiqarib olindi. Erkakning sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, lekin uning to‘liq sog‘ayib ketishi taxmin qilinmoqda. Telefonni yeyishiga nima sabab bo‘lgani esa aytilmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring