O‘zbekistonda har bir xonadonga qariyb 4 ta telefon to‘g‘ri keladi – statistika

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni bo‘yicha aniqlagan raqamlarini ma’lum qildi.
Qo‘mitaning uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlarning o‘rtacha soni 356 tani tashkil etgan.
O‘tgan yillar kesimida esa bu borada:
- 2005-yil – 79 ta;
- 2010-yil – 145 ta;
- 2015-yil – 234 ta;
- 2020-yil – 287 ta;
- 2024-yil – 356 ta.
Ma’lumot uchun, 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 36,3 mln birlikka yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter