Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tekshiruvdan o‘tgan bo‘lsa, Yangihayotdagi lift uzilib ketmasligi kerak edi  – tadbirkor

Tekshiruvdan o‘tgan bo‘lsa, Yangihayotdagi lift uzilib ketmasligi kerak edi  – tadbirkor

Liftlarni tekshiradigan tashkilot korrupsiya bo‘yicha chempionlikka da’vogarlardan biri. Respublika bo‘yicha bitta tashkilot, uniyam adashmasam butun respublika uchun bir necha dona xodimi bor.

Kelib, tekshirib berishi uchun bir necha oylab navbat kutiladi.

Shuning uchun bino qurib, bitkazilayotganda kamida 6 oy avval liftni tekshirishga hujjat topshiringlar, bo‘lmasa bino bitib bo‘lgandan keyin ham bir necha oy kutib o‘tiriladi, deymiz. Chunki, boshimizdan o‘tgan. Lift tekshiruvi va hujjatini kutib ochilishi kech qolgan mehmonxonalar bo‘lgan.

Kam sonli tekshiruvchi odamga ko‘p sonli bino quruvchi "keling aka, iltimos, sizsiz binoni topshira olmas ekanmiz" deb turgandan keyin, biznikilar nima qilishini tasavvur qilib olavering.

Yangihayot tumanidagi liftning trossi odam ko‘p chiqqani uchun uzilgan degan gap "liftchi"lar va bino quruvchilarining bahonasidan boshqa narsa emas. Lift yozib qo‘yilgan og‘irligidan 40-50 foiz kattaroq og‘irlikniyam ko‘tarishi kerak. Tekshiruv to‘g‘ri va haqiqatdanam o‘tkazilsa, 1000 kilolik lift 1500 kiloga yaqin og‘irlik bilan tekshirilgan bo‘ladi. Yozilganidan ancha og‘ir yuk qo‘yib, turli qavatlarga ko‘tarib tushiriladi, yo‘lda avariyniy to‘xtatib ko‘riladi, umuman olganda liftni ancha “qiynashadi”.

Bunday tekshiruvdan o‘tgan lift 100-200 kilo og‘irroq yuk bo‘lsa, uzilib ketavermaydi. Keragidan ortiqcha yuk bo‘lsa, lift sezishi va yurmasligi kerak edi.

Odamlarimizdayam lift ishlatish madaniyati kamroq, pala-partish tiqilib, chiqib olaverishlariyam bor gap. Ammo, tross baribir uzilib ketmasligi kerak edi.

Dilshod ODILOV,
Hotel Pro kompaniyasi asoschisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring