Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tekshirib ko‘ring: taym-menejmentda ko‘p uchraydigan xatoliklar

Tekshirib ko‘ring: taym-menejmentda ko‘p uchraydigan xatoliklar

Foto: «Medium.com»

Bundan ikki ming yil muqaddam xitoylik faylasuf Syun-Szi «Insonda qancha ko‘p bo‘sh vaqt bo‘lsa, u shuncha kam narsaga erishadi», degan edi. Bu gapda jon bor. Sababi, bo‘sh vaqti kam bo‘lgan kishilar asosan barcha ishlarning uddasidan chiqadilar. Aksincha, vaqti ko‘p odamlar ancha-muncha ishlarga ulgurmay qolishadi. Bu borada taym-menejmentda ham bir qator xatoliklar kuzatiladi. Biz ularning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.

1-xatolik. O‘z oldiga maqsad qo‘ymaslik. Ish bo‘yicha suhbatlarda ko‘pincha «10 yildan so‘ng o‘zingizni qanday tasavvur qilasiz?», degan savol bilan murojaat qilishadi. Ko‘pchilik bu savolga aniq javob berolmaydi. Yoki javob bersa ham javoblar bir muncha mujmal bo‘ladi. Bunday bo‘lmasligi uchun inson o‘z oldiga kichik maqsadlarni qo‘yishi lozim. Bu uni oldinga intilishiga ko‘mak beradi. Maqsadlarni 3 ga: uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatliga bo‘lish kerak. Maqsadlaringizni yozing va unga erishgach, ega bo‘ladigan imtiyozlaringizni, uni amalga oshirish muddatini ham yozishni unutmang. So‘ng uni biror ko‘rinadigan joyga qo‘ying.

2-xatolik. Ishlarni taqsimlamaslik. Tasavvur qiling, siz talabasiz. Yaqin orada sessiya boshlanadi, kamiga qarzlaringiz ham talaygina. Xo‘sh, qarzlarni to‘lash uchun vaqtni qanday rejalashtirish lozim? Bu haqda hech nima bilmasangiz, Eyzenxauerga o‘xshab, kvadrat ichida ularni «shoshilinch va muhim», «shoshilinch bo‘lmagan va muhim», «shoshilinch, ammo muhim emas», «shoshilinch ham, muhim ham emas»ga ajrating. Ishlarni 4 ta kvadratga joylash orqali siz qay bir ishni qachon va qancha muddat ichida qilishingiz kerakligini bilib olasiz. Yuqoridagi misolda keltirganimizdek, qarzlaringizni ham birma-bir uzish bilan ishingizni ancha yengillashtirasiz. Axir barcha qarzni bir vaqtda uzish imkonsiz-ku?

3-xatolik. Vazifalar ro‘yxatini tuzmaslik. Siz mustahkam xotirali qahramon emassiz. Va bu tabiiy hol. Shu bois, doim kunlik rejalaringiz ro‘yxatini tuzing.

4-xatolik. Ishni batafsil o‘ylamasdan, ishga kirishish. Bu kabi xato sizga vaqt, energiya va asabingizni behuda sarflashingizga olib keladi. Yaxshisi, oppoq qog‘oz oling yoki «Word»da yangi fayl yarating. Shundan so‘ng, nimalarni amalga oishirishingiz bo‘yicha o‘ylab, ularni birma-bir yozing.

5-xatolik. Juda ko‘p mas’uliyatni zimmaga olish. Sizning samaradorlik koeffitsiyentingizning o‘z me’yori bor. Undan ortiq ishni bajarish asabiylik va depressiyaga olib keladi. Ikki narsani o‘rganing: Mavjud chegaradagi ishlarni bajardingizmi, ortiqcha ishlar uchun «yo‘q» deyishni o‘rganing. Ikkinchidan, yordam so‘rashdan uyalmang. Siz uchun qiyin bo‘lgan narsa boshqa birov uchun juda oson bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring