Hukumatdagi tayinlovlar, «vafot etgan» Stallone, «to‘xtatilgan» avtokredit, omadsiz Messi, kuyovsiz to‘y, o‘lim jazosi va boshqa xabarlar
Bugun, 20-fevral kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Hukumat tarkibida bir qator yangi tayinlovlar ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklari rahbariyati tarkibida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Shuningdek:
Bosh vazir o‘rinbosari Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga rais bo‘ldi
Jamiyat
O‘zbekistonda kuyovsiz nikoh to‘yi o‘tkazildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lajak kuyov mast holatda avtomashina boshqargani va bu holatda ulovni boshqa shaxsga bermagani uchun jarima qo‘llanilgan bo‘lsa-da, shu vaqtgacha pul to‘lanmagani sababli samolyot bortiga qo‘yilmagan.
Ohangaronda davlat pullarini o‘zlashtirgan maktab direktori ushlandi
2018-yil 19-fevral Ohangaron tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabida 2016-2017-yillar davomida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
Texnologiya
«Mercedes-Benz» kompaniyasi AQSh hukumatini aldaganlikda gumonlanmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Daimler» xodimlari ularning transport vositalari AQSh standartlariga mos kelmasligini «Volkswagen» bilan bog‘liq dizel mojarosi vaqtidayoq payqagan.
2018-yil 1-iyundan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Avto
O‘zbekistonda mashinani ijaraga berish xizmati joriy etiladi
Buxoro va sayyohlik markazlari — Toshkent, Samarqand va Xorazm kabi shaharlarda mazkur xizmat birinchi bo‘lib sinovdan o‘tkaziladi.
E’tirozlar qanchalik to‘g‘ri? «Avtokredit» to‘xtatilgani rostmi?
Ko‘pchilik mijozlar tahririyatimizga qo‘ng‘iroq qilib, banklar avtokredit bermayotgani, bu xizmat to‘xtatilganidan shikoyat qilishdi. Vaziyatni o‘rganish uchun yuqoridagi banklar bilan bog‘landik.
Madaniyat
Bu qanchalik rost? Silvestr Stalloneni «o‘ldi»ga chiqarishdi
Ijtimoiy tarmoqlarni Gollivudning mashhur aktyori Silvestr Stallone vafot etgani haqidagi shumxabar bosib ketdi. Turli saytlarning yozishicha, aktyor saraton xastaligidan vafot etgan.
Sport
O‘zPFL superliga o‘yinlarini «Sport» telekanali efir vaqtiga mosladi
Ma’lum bo‘lishicha, bir tur doirasidagi 6 o‘yin uch kunda ikkitadan namoyish etilishi rejalashtirilgan. O‘zPFL tur o‘yinlari boshlanish vaqtini soat 18:00 dan so‘ng qilib belgilagandi.
Britaniyaliklar adashishdi: biz ikkinchi o‘rindamiz!
Agentlik ma’lumotlarida Qozog‘iston va Latviyadan tashqari, Belarus, Ukraina va Rossiya ham eng ko‘p mukofot taqdim etuvchi davlatlar qatorida tilga olingan.
Messi «Chelsi»ga biror marta gol urolmagan. Hatto penaltidan ham
Qiziqarli fakt shundaki, shu paytgacha qadar chempionlar ligasida yuzga yaqin gol urgan hujumchi biror marta «Chelsi» darvozasini ishg‘ol eta olmagan.
OChL. «Nasaf» o‘z maydonida BAA jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (video)
Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionda Osiyo Chempionlar Ligasining 2-turi doirasida «Nasaf» BAAning «Al Vasl» jamoasini qabul qildi.
Dunyo
Ayni vaqtda amaldorlar «Hyperloop» tunnellar tarmog‘ini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha yo‘lovchilarni tezligi ming kilometrni tashkil etadigan poyezd orqali xavfsiz yetkazib borish masalasi muhokama qilinmoqda.
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi
Xitoy fanlar akademiyasining Uxansk virusologiya instituti olimlari nanotexnologiya yordamida grippga qarshi emlashning yangi turini ishlab chiqardilar.
Taom tayyorlashda rekord o‘rnatish navbati qirg‘izlarga keldi
Tadbirga mamlakat bosh vaziri, Jogorku Kenesh spikeri, Bishkek shahri meri hamda elchilar kelishi kutilmoqda.
Tavsiya qilamiz
Chet elda o‘qiyotgan yoshlar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkinmi?
Chet elda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlar moddiy ahvoli yomonlashgani bois o‘qishini o‘z vataniga ko‘chirishi mumkinmi?
Abadiy tortishuv: o‘lim jazosi kerakmi?
2015 yilga kelib BMTga a’zo bo‘lgan 193 davlatdan 169 tasida o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi. Lekin insoniyat borki, bu jazo ham mavjud. Butun dunyo huquqshunoslari bir bo‘lib bu jazoga qarshi chiqqanida ham uning yo‘qolib ketishiga ishonish qiyin.
Shifokor asossiz pul talab qilsa, kimga murojaat etish kerak?
Agar bemor unga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan qoniqmasa yoki shifokor bemordan asossiz ravishda pul talab qilsa, kimga murojaat qilish mumkin?
– Kosmik sathni qo‘yib turaylik, yerga tushaylik. – Ammo o‘rtacha oylik maosh miqdori kosmik miqyosda aniqlamay bo‘lmaydi-da!
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarida kimlarga bepul xizmat ko‘rsatiladi?
Prezidentning 2003 yil 26 fevraldagi farmoniga binoan ixtisoslashtirilgan akademik Vosit Vohidov nomidagi xirurgiya, urologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlarida maxsus yo‘llanmalarga (orderlarga) asosan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bepul davolanadigan quyidagi imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati belgilandi:
Shunga qaramay xayrli ishlar sifati va samaradorligiga soya solayotgan ma’lum holatlar borki, ular xususida ojizona mulohaza aytish ayb bo‘lmas.
Iste’foga chiqqan harbiylar ishga joylashishida kafolat bormi?
«Qurolli kuchlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishda kafolatlar bormi?»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter