Taxtakachda «jonlangan» go‘sht tarmoq foydalanuvchilarini qo‘rqitib yubordi (video)
Taxtakachda qimirlay boshlagan go‘sht bo‘lagi tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketmoqda.
Rolik «Yo! Artist» taxallusli «Twitter» foydalanuvchisi tomonidan joylangan. Uning yozishiga qaraganda, onasi go‘sht pishirmoqchi bo‘lgan, biroq taxtakachga qo‘ygan go‘shtning qimirlay boshlaganini ko‘rgach, qo‘rqib ketgan va fikridan qaytgan.
Video 14 mingdan ortiq retvit, qariyb 21,5 mingta layk to‘plagan.
Ko‘pgina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu rolikdan haqiqatan ham dahshatga tushishganini yozishgan. Ba’zilar esa buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘qligini ta’kidlashgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hamma gap nerv tolalarida: ular yangi so‘yilgan go‘shtda ma’lum vaqtgacha harakatini davom ettiradi.
GUYS KENAPA DAGING KORBAN NI GERAKKKKKK
— Yo! Artist (@tterororo) July 31, 2020
Mak aku taknak masak sebab takut 😂 pic.twitter.com/XRma8VIUqH
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter