Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taxiatosh tumani hokimi o‘zgardi

Taxiatosh tumani hokimi o‘zgardi

16-iyun kuni xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Yerniyazov ishtirok etib, tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Qoraqalpog‘iston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Matkarimov Ilhom Ismailovichning nomzodini taklif qilgan.

Nomzod tuman Kengashi deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Shu vaqtga qadar Taxiatosh tumanini boshqarib kelgan Farxat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring