TATUda 1-kursga qabul qilingan talabalar kutib olindi (foto)

Bugun yangi o‘quv yilining birinchi kuni. Barcha ta’lim muassasalariyu OTMlarda o‘qish boshlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham bugun 1-kursga qabul qilingan talabalarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimga universitet rektori T.Teshabayev, barcha prorektorlar, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, universitetda ko‘p yillar faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tanishuv ruhida kechgan tadbir OTMga qabul qilingan talabalarning tezroq moslashishi, ustozlar bilan yoshlarning bir-biriga yaqinlashishi uchun ilk qadam bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter