TATU talabasi «Youth mobile» tanlovida g‘olib bo‘ldi

UNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan talabalar o‘rtasida mobil ilovalar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan «Youth Mobile» tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, universitetning kompyuter injiniringi fakulteti 2-kurs talabasi Sayyora Rahimova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 12 million 500 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu fakultetning informatika asoslari kafedrasi yosh o‘qituvchisi Zarnigor Fayzullayeva esa 2-o‘rinni egallab, 4 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tanlov 2018-yilning noyabrida boshlanib, finalda talabalarning 10 ta ishlanmasi namoyish etildi. G‘olib talabalarning mobil ilovalari «Google Play» va «AppStore» onlayn-do‘konlarlariga joylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter