TATU Rossiyaning talabalar media markazi assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Bonch Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining «Talabalar media markazi assotsiatsiyasi (TMMA)»ga a’zo bo‘ldi.
Ushbu a’zolik TATU hamda «Talabalar media markazi assotsiatsiyasi» o‘rtasida umumiy media kontent yaratish, shuningdek, talabalarning bilim va malaka almashinuvi jarayonini amalga oshirish imkonini beradi.
Markazning asosiy vazifasi butun Rossiya Federatsiyasi talabalarining yagona media portalini rivojlantirish bo‘lib, media markaz yordamida yoshlarning ta’lim olish jarayoni, innovatsion ishlanmalarini hamda talabalar uchun eng maqbul yagona media kontent yaratishni ko‘zlagan.
Assotsiatsiya 2015-yilda tashkil etilgan va Rossiya Federatsiyasida 50 dan ortiq a’zolariga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter