Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU rektori va tadbirkor mojarosi: masala bugun hal etiladi

TATU rektori va tadbirkor mojarosi: masala bugun hal etiladi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslarning TATU rektori ularning tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotganini ro‘kach qilib chiqishgani haqidagi videolavha tarqalgan edi.

Aytilishicha, 2019-yil 4-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida kanselyariya va boshqa shu kabi narsalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkor A.Abduvaxidov va uning 5 nafar oila a’zolari universitet bosh binosi oldida «namoyish» o‘tkazishgan.

Ushbu namoyish yuzasidan universitet hamda xususiy tadbirkor A.Abduvaxidov o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyatni ochiq hal etish maqsadida bugun TATU universiteti binosida matbuot anjumani tashkil etiladi.

«Xabar.uz» voqea tafsilotlarini yoritib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring