Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tatariston rahbari Moldovaga kiritilmadi

Tatariston rahbari Moldovaga kiritilmadi

Tatariston rahbari Rustam Minnixanovning aytishicha, unga Moldova poytaxti Kishinyov aeroportida samolyotdan tushishga va mamlakatga kirishga ruxsat berilmagan.

Siyosatchi samolyotdan turib bayonot bergani videosi e’lon qilindi. 

Moldova hukumati uni mamlakat «nomaqbul shaxs» deb e’lon qilgan. Gagauzinfo nashri Minnixanov bayonoti aks yetgan videoni nashr qildi.

Minnixanov Moldovaning Gagauziya viloyatidagi «Xalqlar do‘stligi – 2023» xalqaro xalq diplomatiyasi kongressiga borishni rejalashtirgandi.

Tatariston delegatsiyasining samolyoti allaqachon Kishinyovdan Rossiyaga qaytib ketgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring