Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi
Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda «Resurs Kapital» tashkiloti tomonidan fuqarolar Rossiya Federatsiyasiga ishga jo‘natilishi haqida e’lonlar berilmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi bu xabar yuzasidan yurtdoshlarimizni ogohlantirdi.
Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
«Resurs Kapital» tashkiloti esa fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish uchun litsenziya olmagan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga fuqarolardan ushbu tashkilot ustidan ko‘plab shikoyatlar kelmoqda.
«Yuqoridagilarni inobatga olib, «Resurs Kapital» tashkiloti faoliyati noqonuniyligini eslatib o‘tamiz.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu xizmat bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda qonunchilikka rioya qilishni, fuqarolardan esa firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslikni so‘raymiz» deyiladi agentlik ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter