Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Bugun, 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay’atiga vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Dilshod Ahatov tanishtirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
D.Ahatov bunga qadar TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, TIV Konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i etib tayinlangan Ulfat Qodirov ham tanishtirildi. U ilgari Turkiya Respublikasida Favqulodda va muxtor elchi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter