O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin mojarosi bo‘yicha bayonot berdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Isroil-Falastin mojarosi bo‘yicha bayonot berdi.
Unda vazirlik mavjud vaziyatda tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar uchrayotganidan xavotir bildirgan.
«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildiradi.
Biz kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqiramiz», – deyiladi O‘zbekiston tashqi siyosatiga mas’ul idora bayonotida.
Shuningdek, vazirlik so‘nggi voqealarda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirgan va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter