Tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi

2018-yilning 6-7-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, XXR Tashqi ishlar vaziri Van Yi, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Xitoy muloqotini yanada faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqa va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashish kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter