Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashkent City» ko‘chalariga qanday nomlar taklif etilayotgani ma’lum bo‘ldi

«Tashkent City» ko‘chalariga qanday nomlar taklif etilayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Tashkent City»dagi ko‘chalarni nomlash to‘g‘risida»gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qarorda 5 ta yangi ko‘chani quyidagicha nomlash taklif etilmoqda:

- «Yangi Toshkent» ko‘chasi
- «Yangi Toshkent» tor ko‘chasi
- «O‘qchi» ko‘chasi
- «Zargar» ko‘chasi
- «Xadra» ko‘chasi
- «Xadra» tor ko‘chasi

Eslatib o‘tamiz, ba’zi OAVlari «tor ko‘chasi» so‘zini «berk ko‘cha» deb tarjima va talqin qilganlari xato.

Siz ko‘cha nomlari bo‘yicha o‘z takliflaringizni va qaror yuzasidan mulohazalaringizni 2 noyabrgacha yozib qoldirishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring