Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashabbusli byudjet»ning muqobili – «Mening yo‘lim» loyihasiga start berildi

«Tashabbusli byudjet»ning muqobili – «Mening yo‘lim» loyihasiga start berildi

«Tashabbusli byudjet»ning muqobili – «Ochiq byudjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirilgan «Mening yo‘lim» loyihasiga 17-apreldan start berildi.

Hukumatning 2022-yil 2-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi mazkur tizim orqali yo‘naltiriladi va bu «Tashabbusli byudjet» jarayonlaridan farqli o‘laroq bir yilda bir marta o‘tkaziladi.

Ushbu jarayonlar bevosita «Ochiq byudjet» axborot portali orqali amalga oshiriladi bunda, axborot portaliga ichki yo‘llarning joylashgan manzili (geopozitsiyasi), to‘liq nomlari, uzunligi, holati (asfaltlangan, ta’mirtalab) va boshqa ma’lumotlari to‘liq kiritiladi hamda fuqarolar ichki yo‘llar reyestridan geoma’lumotlar asosida tegishli ichki yo‘lni tanlash orqali o‘z takliflarini qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tuman (shahar) budjeti parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizi «Ochiq byudjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi.

Axborot portali avtomatik ravishda ta’mirlashga doir o‘rtacha narxni va tuman (shahar) budjeti parametrlaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar) bo‘yicha ta’mirlanadigan ichki yo‘llarning umumiy hajmini aniqlaydi.

Axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ichki yo‘llarni ta’mirlashda takliflarni shakllantirish tartibi quyidagicha:

  • axborot portali orqali jamoatchilik fikri bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantiriladi;
  • axborot portali orqali takliflarni yuborish hamda ovoz berish jarayonida faqatgina voyaga yetgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
  • fuqarolar har yili ichki yo‘llarni ta’mirlashga faqat bitta taklifni ilgari surishi hamda bitta taklifga ovoz berishi mumkin. Fuqarolar o‘zlari tomonidan kiritilgan taklifga ovoz berishi taqiqlanadi;
  • ichki yo‘llarni ta’mirlashga doir takliflar kiritish fuqarolar tomonidan axborot portalida taqdim etilgan Ichki yo‘llar reyestridagi tegishli ichki yo‘llardan birini tanlash orqali amalga oshiriladi;
  • axborot portali orqali taklif kiritish bevosita portalda ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi;
  • har bir tuman va shaharlarda bildirilgan takliflar bo‘yicha berilgan eng ko‘p ovozlar sonidan kelib chiqib, yuqoridan pastga qarab saralanadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring