Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning «Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 335 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2023 moliya yilidan boshlab:

  • «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida «Ochiq budjet» axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda, aholi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla bo‘yicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qo‘yiladi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar)lar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yo‘naltiriladi;
  • tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari uchun tuman (shahar) budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtiriladi.

Bundan tashqari:

  • tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari doirasida jamoatchilik fikri asosida «Ochiq budjet» axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi – har yili fevral-mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun-iyul oylarida;
  • «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida «Ochiq budjet» axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring