Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchini kaltaklayotgan muallim videosi tarqaldi. Kuzatuv kamerasiga muhrlangan tasvirga ko‘ra, o‘qituvchi bolani urayotganda, boshqa biri uni to‘xtatishga uringani aks etgan.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati mazkur videoga izoh berdi.
Hodisa Andijon viloyati, Asaka tumanida yuz bergan.
Videolavhada aks etgan boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at va musiqa fani o‘qituvchisi M. Umaraliyeva 4-sinf o‘quvchisi I.Maxammadjonovni kaltaklagan. Bunga sabab o‘quvchi dars vaqtida so‘roqsiz uyiga ketib qolganligi uchun sinf rahbari Sh.Ergasheva o‘quvchini surishtirib, farzandini darsda ishtirok etmaganligini aytganligi uchun M. Umaraliyeva achchiq qilib o‘z farzandini urgan.
Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani tumani voyaga yetmaganlar komissiyasiga murojaat etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter