Tarixiy uchrashuv: Shimoliy va Janubiy Koreya rahbarlari uchrashdi

Bugun, 27-aprel kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Pxanmunjondagi chegara punktida Koreya sammitini boshladilar. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Muzokaralar davomida ikki koreys davlati yetakchilari aloqalarni yaxshilash, tinchlik va birlashish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Kim Chen In va Mun Chje In demarkatsiya liniyasida uchrashdilar. Ular bir-birlari bilan juda do‘stona muloqot qilganlar. Shundan so‘ng Kim Chen In ikki Koreyani bo‘lib turuvchi chiziqdan o‘tib, Janubiy Koreya tuprog‘iga qadam qo‘ygan ilk Shimoliy Koreya yetakchisiga aylandi.
Uchrashuvlar avvalida Kim Chen In muzokaralarning ijobiy yakunidan umid qilgan. O‘z navbatida Mun Chje In KXDR rahbarining demarkatsiya chizig‘idan kesib o‘tishini tinchlik ramzi deya baholagan.
Avvalroq Shimoliy Koreya yadro sinovlarini to‘xtatgani haqida e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter