Tarixiy ob’yektlar bor ko‘chalarga 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari kiritilmaydi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tarixiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari harakatlanishi taqiqlanadi.
Hujjatga asosan, chiqindi to‘plash hamda ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalari moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk ob’yektlarining qo‘riqlanadigan chegaralaridan tashqarida joylashtiriladi.
Shuningdek, moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk ob’yektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter