8-9 noyabr kunlari poytaxt markazida yuk tashuvchi mashinalarning harakatlanishi to‘liq to‘xtatiladi
8 va 9 noyabr kunlari Toshkentda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning 16-sammiti o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
“Hurmatli yurtdoshlar, sammit doirasida belgilanadigan vaqtinchalik cheklovlar sababli Vodiydan Vohaga hamda Vohadan Vodiyga harakatlanish 4P-12 avtomagistral yo‘li orqali amalga oshirilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, sammit o‘tkaziladigan kunlari yuk tashuvchi transport vositalarining poytaxt markazida harakatlanishi to‘liq to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 8 noyabrdan 10 noyabrgacha Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi. Jumladan:
- Islom Karimov nomidagi ayeroport maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur – Shota Rustaveli chorrahasigacha;
- Nukus – Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;
- Oybek – Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
- Islom Karimov – Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur – Islom Karimov chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov - Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
- Navoiy – Mustaqillik chorrahasidan Navoiy – Labzak chorrahasigacha;
- Furqat – Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov – Beshyog‘och chorrahasigacha;
- Olmazor – Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.
“Hurmatli haydovchilar, shu kunlardan yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Toshkent shahar IIBB harakatlanish cheklangan ko‘chalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat berilishini eslatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter