Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda eng ko‘p sotilgan mobil telefonlar aniqlandi (top-20)

Tarixda eng ko‘p sotilgan mobil telefonlar aniqlandi (top-20)

MyDrivers portali tarixda eng ko‘p sotilgan mobil telefonlar ro‘yxatini tuzdi. Asosan Nokia qurilmalari yuqori o‘rinlarni egallagan, ro‘yxatdagi telefonlarning jami sotilish ko‘rsatkichi 3,245 milliarddan oshgan.

Afsonaviy Nokia 1100 — tarixda eng ko‘p sotilgan mobil telefon (jami 250 mln dona).

Nokia 1100

Keyingi o‘rinlarda: Nokia 1110 (248 mln) hamda iPhone 6 va 6 Plus (sotilgan umumiy soni — 224 mln).

iPhone 6

Eng ko‘p sotilgan qurilmalar ro‘yxatida keyingi pog‘onalarda: Nokia 105, iPhone 6s va 6s Plus, iPhone 7 va 7 Plus, shuningdek, iPhone 11 (Pro va Pro Max modellari qo‘shib hisoblangan). Shuningdek, Apple chiqargan iPhone 5 (iPhone 8 va 8 Plus bilan birgalikda) ham top-20 ga kirdi.

Nokia sotgan top-modellarning aksariyati tugmali, biroq 152 mln dona sotilgan rezistiv sensor ekranli Nokia 5230 ham yetakchi yigirmatalikka kirdi.

TOP-20

Manba: MyDrivers

Top-20 ga boshqa kompaniyalarning faqat ikkita qurilmasi kira oldi: Samsung E1100 (13-o‘rin) va Motorola RAZR V3 (16-o‘rin).

Samsung E1100 hamda Motorola RAZR V3
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring