Tanqidlardan so‘ng «Novza»da o‘rnatilgan svetofor olib tashlandi
Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev «Novza» yo‘l o‘tkazgichidan tushishda Novza masjidi ro‘parasida paydo bo‘lib qolgan svetofor o‘rnatilishini tanqid qilgan edi.
«Toshkent shahridagi chorrahalarda paydo bo‘ladigan tirbandlikni oldini olish, ekologik vaziyatni yaxshilash va qulaylik yaratish maqsadida so‘nggi ikki yilda bir necha yangi ko‘priklar qurildi. Sobiq «Hamza», ayni paytdagi «Novza» metrosi chorrahasidagi ko‘prik ham tirbandlikni oldini olishga katta yordam berayotgan edi, biroq...
Chorrahadagi ko‘prikdan tushishda «Novza» masjidi ro‘parasida paydo bo‘lib qolgan yangi svetofor ko‘prikni qurishga sabab bo‘lgan maqsadni chippakka chiqaribdi. Qanday aql va favqulodda buyuk istak sababli bu svetofor o‘rnatilgan ekan-a? Svetofor qo‘yilar ekan, unda ko‘prikni qurishning nima keragi bor edi? Kamiga sfetofordan bir oz o‘tgach, yo‘lovchilar uchun tayyor yer osti yo‘li ham turibdi.
Essiz shuncha mablag‘, shuncha vaqt va shuncha aql... Balki mas’ullar tomonidan bu holat yaxshilab ko‘rib chiqilar. Biroq zarur bo‘lgan yo‘llarga svetofor qo‘yilishini yillab kutib «GAIma GAI» sarson yurgan odamlarni ko‘rib turib, mantiqsizlik bilan budjet hisobidan qilinayotgan bunday ishlarning hisobini berish kerakmasmi, degan savol qiynayapti odamni. Budjet esa qanday qilib, kimning hisobidan to‘ldirilishini yaxshi bilamiz», deb yozgandi deputat.
Tanqid va e’tirozlar sababmi yoki yo‘lning shu qismida tez-tez sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari sababmi, o‘rnatilgan svetofor olib tashlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter